- Home
- App Analytics
- USSD kodlar
- USSD kodlar Vs. Wisdom lug'ati: English-Uzbek
USSD kodlar vs Wisdom lug'ati: English-Uzbek Usage & Stats
USSD kodlarini boshqarish va foydalanish uchun mo'ljallangan ushbu dastur, O'zbekistonning yetakchi mobil aloqa operatorlari - uchun mo'ljallangan kodlarni o'z ichiga oladi. Dastur bepul foydalanish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda reklama yo'q va offline rejimda ishlashi mumkin, internet ulanish mavjud bo'lganda esa yangi ma'lumotlarni yuklab olish imkoniyatiga ega.
Dasturda quyidagi xususiyatlar mavjud:
- Tarif rejalari: Foydalanuvchilar operatorlarning turli tarif rejalari va ularning tafsilotlari haqida ma'lumot olishlari mumkin.
- Internet Paketlari: Operatorlar uchun mavjud bo'lgan turli hajmdagi internet paketlari va ularni faollashtirish uchun USSD kodlar.
- Daqiqa va SMS Paketlari: Har bir operator uchun mavjud bo'lgan daqiqa va SMS paketlari haqida ma'lumotlar.
- Qo'shimcha Xizmatlar: Har bir operatorning qo'shimcha xizmatlari, masalan, xalqaro qo'ng'iroqlar, roaming xizmatlari va boshqalar.
- Savol-Javoblar Bo'limi: Foydalanuvchilarning tez-tez so'raladigan savollariga javoblar.
- Kalit So'zlar: Dasturda "cheksiz internet", "Gap Yo'q tarifi", "cheksiz internet" kabi kalit so'zlar bilan tezda kerakli ma'lumotlarni topish mumkin.
- Tariflarni O'zgartirish: Operatorlar foydalanuvchilari uchun tarif rejasini o'zgartirish imkoniyati.
- Tungi va Kunlik Internet Paketlar: Har bir operator uchun tungi va kunlik internet paketlarini o'z ichiga oladi.
- Mobil Ilova: Dastur mobil qurilmalar uchun mo'ljallangan bo'lib, foydalanish juda qulay.
- Yangilanishlar: Dastur doimiy ravishda yangilanib turadi, shuning uchun foydalanuvchilar doimo eng so'nggi ma'lumotlardan xabardor bo'lishlari mumkin.
Ushbu dastur, O'zbekistonning turli mobil aloqa operatorlari foydalanuvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning turli USSD kodlarini osongina topish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Bu dastur, mobil aloqa xizmatlaridan samarali va qulay foydalanishni istagan har qanday foydalanuvchi uchun juda foydali bo'ladi.
Bu dastur USSD kodlarini boshqarish uchun mo'ljallangan va foydalanuvchilarga mobil aloqa operatorlarining USSD kodlarini tez va oson tarzda topish va ishlatish imkonini beradi. Dasturda turli xil xususiyatlari bor, masalan:
Keng USSD Kodlar Bazasi: Dastur, turli mobil aloqa operatorlarining USSD kodlarini keng qamrovli ro'yxatini taqdim etadi. Bu ro'yxat, balansni tekshirish, tarif rejasini o'zgartirish, internet paketlarini sotib olish kabi ko'plab amaliyotlar uchun kodlarni o'z ichiga oladi.
Foydalanuvchi Dostliligi: Dastur foydalanuvchiga qulay interfeys va oddiy navigatsiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu, kerakli USSD kodlarini topishni va ulardan foydalanishni juda oson qiladi.
Yangilanishlar va Kengaytmalar: Dastur muntazam ravishda yangilanib turadi, bu esa eng so'nggi USSD kodlar va xizmatlar bilan ta'minlanishini ta'minlaydi.Tez Kirish Funksiyasi: Dasturda tez-tez ishlatiladigan USSD kodlarni saqlash va ularni tezda chaqirish imkoniyati mavjud. Bu foydalanuvchilarga vaqtini tejashga yordam beradi.
- Apple App Store
- Free
- Reference
Store Rank
- -
Har qanday til o'rganuvchi uchun lug'at asosiy omil hisoblanadi va ko'pchilik ularni shunchaki so'zlarni tarjima qilib beruvchi oddiy vosita deb hisoblaydi. Lekin Wisdom lug'ati sizni odatdagi lug'at haqidagi tushunchalaringizni butunlay o'zgartirib yuboradi va ishonchimiz komilki bu lug'at tez orada sizning Ingliz tili o'rganish jarayoningizning ajralmas qismiga aylanadi.
Wisdom lug'ati siz kutgandan ko'ra ko'prog'ini taklif etadi:
120 000 dan ziyod so'z va iboralar
Wisdom lug'atida amaldagi mavjud so'zlardan tortib, muayyan sohaga oid 70 000 dan ziyod Inglizcha va 50 000 dan ortiq O'zbekcha so'z va iboralarni o'z ichiga olgan, O'zbekistondagi eng ko'p so'z va iboralarga ega bo'lgan yagona lug'at hisoblanadi.
Ishonchlilik
Ko'p mavjud lug'atlardagi so'z tarjimalari va tasniflari so'zning asl ma'nosiga unchalik ham to'g'ri kelavermaydi. Wisdom lug'atida esa besh yil davomida har bir so'z tarjimasi Oxford, MacMillan, Collins, Cambridge va Longman kabi ishonchli lug'atlardan foydalanib alohida yondashilgan holda, e'tibor bilan tarjima qilingan.
Yangicha O'zbekcha-Inglizcha!
Bu hususiyat bizning faxrimiz hisoblanadi. O'zbekcha so'zlarning Inglizcha ma'nolar hech qachon bunchalik aniqlik va osonlik bilan tarjima qilinmagan. E'tiborga loyiq tomoni shundaki, siz nafaqat so'zlarni (misol uchun non) balkim so'z birikmalarini (non yopmoq, non idish, non ushoq...), va hattoki muayyan ibora va jumlalarni (nonini yarimta qilmoq, og'zidan nonini olib qo'ymoq kabilarni) ham qidirishingiz mumkin. Bunday o'zgacha, ajoyib imkoniyatni sizga faqat Wisdom lug'atigina taqdim eta oladi.
Grammatika
So'zlarni lug'aviy ma'nosini bilish ularni to'g'ri ishlatish uchun yetarli emas. Muayyan bir so'zlarning o'ziga xos grammatik xususiyatlari, ishlatilish qonun qoidalarini mavjud va albatta Wisdom lug'ati bularni ham hisobga olgan holda so'zlarda Grammar bo'limini joriy etgan va bu bo'limda mazkur so'zga oid grammatik qonun qoidalar oddiy tushuntirishlar va o'rinli misolllar bilan batafsil tushintirilb o'tilgan.
So'z ketma-ketliklari (Collocations)
Hozirgi paytda o'quvchilarning eng katta muammolaridan biri bu Ingliz tilidagi to'g'ri so'z ketma-ketliklarini bilmasligidadir va oqibatda ular tuzmoqchi bo'lgan birikmalarini sun'iy ravishda tuzib noto'g'ri talqin qilishadi. Misol uchun o't qo'ymoq albatda put fire emas, va albatta o't o'chirmoq - switch off fire; o't boshlamoq - start fire; o't chiqmoq - go out fire bo'la olmaydi. Wisdom lug'atida albatta bu ham e'tiborga olingan va o'rganuvchilarni bunday xatolarga yo'l qo'ymasliklari uchun so'zlarda Collocations bo'limi tuzib chiqilgan. Bu bo'limda o'sha so'z atrofidagi jumlalarning to'g'ri ketma-ketligi misollar bilan guruhlarga ajratilgan holda berib o'tilgan.(Yuqoridagi so'z juftliklarning to'g'ri tasnifini bilish uchun esa fire so'zidagi Collocations bo'limiga qarang.)
So'zlarning lug'aviy farqlari
Boshqa tillar kabi Ingliz tilida ham ma'no jihatdan bir-biriga yaqin lekin biri boshqasining o'rnida ishlatila olmaydigan so'zlar talaygina. Misol uchun listen va hear; house yoki home; make yoki do; work yoki job kabi so'zlarni ko'pchilik farqlay olmasliklari mumkin. Shuni inobatga olgan holda Wisdom lug'ati o'rganuvchilarni qiynab yurgan shu va shu kabi so'zlar orasidagi tafovut va farqlarni sodda yondashuv va misollar bilan Thesaurus va Difference bo'limlarida batafsil tushuntirib beradi.
Qo'shimcha ma'lumotlar.
Wisdom lu'gati quyidagi har biri muhim va e'tiborga loyiq jihatlarni ham o'z ichiga oladi:
• Misollar
• Rasmlar
• Mashqlar
• Faol va nofaol so'zlar
• Sinonim va Antonimlar
• So'zlarning qaysi shevada ishlatilishi [BrE, AmE, CanE...]
• Qaysi predlog va so'z turkumlari bilan kelishi [~ in/with sth] [~ adv/adj]
• Qaysi sohaga oidligi [biology, math...]
• Sanaladigan yoki sanalmasligi [C, U]
• Rasmiy yoki norasmiyligi [formal] [informal]
• Akademik yoki noakademik so'z ekanligi [AW]
• So'zlarning qanday talaffuz qilinishi
• So'z metaforasi (Metaphor)
• So'zga oid tekst (Culture)
- Apple App Store
- Free
- Education
Store Rank
- -
USSD kodlar vs. Wisdom lug'ati: English-Uzbek ranking comparison
Compare USSD kodlar ranking trend in the past 28 days vs. Wisdom lug'ati: English-Uzbek
Rank
No Data Available
USSD kodlar vs. Wisdom lug'ati: English-Uzbek ranking by country comparison
Compare USSD kodlar ranking trend in the past 28 days vs. Wisdom lug'ati: English-Uzbek
All categories
No Data Available
Reference
Compare to any site with our free trial
USSD kodlar VS.
Wisdom lug'ati: English-Uzbek
December 2, 2024