Dorivor giyohlar app analytics for March 18

Dorivor giyohlar

Dorivor giyohlar

  • Propubplace
  • Google Play Store
  • Free
  • Medical
Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida Dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda Dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsaditan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy lab. boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobili-yatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va b.dan doridarmon tarzida foydalaniladi. Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va b., 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va b. birikmalar boʻlishi mumkin. Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yi-gʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi ykgʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli b-n), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. Ushbu ilovada ham dorivor o`zimliklar va giyohlar haqida keng ma`lumotlar berilgan.
Dorivor giyohlar

Dorivor giyohlar Usage Rank

The usage rank is based on Similarweb's algorithm that calculates current installs and active users over a 28-day period.

All Categories in
United States--
Medical in
United States--

Daily active users

Analyze usage patterns of Dorivor giyohlar users by viewing Dorivor giyohlar downloads and daily active users over time.

Users

Analyze usage patterns of Dorivor giyohlar users by viewing Dorivor giyohlar downloads and daily active users over time.

Unlock daily active users
JanFebMar

Dorivor giyohlar Ranking Stats Over Time

Similarweb's Usage Rank & Google Play Store Rank for Dorivor giyohlar

Rank

No Data Available

Dorivor giyohlar Ranking by Country

Counties in which Dorivor giyohlar has the highest ranking in its main categories


Users Interests & Top Categories

Top categories and apps used by Dorivor giyohlar users

No Data to Display

Top Competitors & Alternative Apps

Apps with a high probability of being used by the same users, from the same store.

No Data to Display
Dorivor giyohlar

March 18, 2025