Bolalar kasalliklari va ularni app analytics for March 19

Bolalar kasalliklari va ularni

Bolalar kasalliklari va ularni

  • Propubplace
  • Google Play Store
  • Free
  • Medical
Bolalar kasalliklari — asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida oʻziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ona qornida oʻsish davri, chaqaloqlik davri, bola tugʻilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (Z yoshgacha), maktabgacha davri (7 yoshgacha), boshlangʻich maktab yoshidagi (12 yoshgacha) va oʻsmirlik yoki balogʻatga yetish davri (18 yoshgacha) farq qilinadi. Ona qornida oʻsish davri bolaning shakllanishida muhim rol oʻynaydi; homiladorlik davridagi zararli omillar (kasalliklar, intoksikatsiyalar, turmush va ovqatlanish sharoitining kamkoʻstligi, dori-darmonlar taʼsiri) onagagina emas, qornidagi homilaning oʻsishi va rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bu davrda koʻproq tugʻruq vaqtidagi zararlanishlar (asfiksiya, shikastlanishlar, falajlar, stafilokokk infeksiyalar) kuzatiladi. Chaqaloqlar ayrim infeksion kasalliklarga tugʻma chidamli boʻladi, biroq ularga (ayniqsa, chala tugʻilgan bolalarga) yiringlatuvchi mikroblar avvalo, stafilokokklar tez taʼsir qilib, kindik jarohatining yiringli yalligʻlanishiga, chilla yaraga va hatto chaqaloklar sepsisi kabi ogʻir kasallikka sabab boʻladi. Bu davrda zotiljam ham xavfli kasallik hisoblanadi. Emizikli davrida bola ovqatning oʻzgarishiga moslanishi ancha qiyin, uni notoʻgʻri ovqatlantirilganda meʼdaichak buzilishlari (diareya, ichak infeksiyalari va boshqalar), moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Bu davrda nafas va hazm aʼzolarining kasalliklari ogʻir oʻtadi; bolani notoʻgʻri ovqatlantirish, sof havo va quyosh nuridan yetarli bahramand etmaslik natijasida raxit avj oladi, diatez, spazmofiliya botbot uchraydi. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oʻz tengqurlari bilan oʻynab yurgan chogʻida koʻkyoʻtal, qizamiq, difteriya, tepki va boshqa yuqishi mumkin. Bundan tashqari, onasidan oʻtgan immunitetning kuchi yoʻqoladi. Shuning uchun bu davrda bolalar emlanib (vaksinatsiya), immunitet vujudga keltiriladi. Maktab yoshidagi bolalarda yuqumli kasalliklar koʻproq uchraydi. Emizikli bola koʻkyoʻtal va qizamiq bilan ogʻriganda koʻpincha oʻpkasi ham yalligʻlansa, maktab yoshidagi bolalarda bu kasalliklar aksari asoratsiz oʻtadi (oʻpka yalligʻlanmaydi). Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarda angina, yurak va buyrak kasalliklari, shuningdek allergik kasalliklar koʻproq uchraydi. Kattaroq bolalarda va oʻsmirlik (balogʻatga yetish) davrida yuraktomir, nerv va endokrin sistemalar (ichki sekresiya bezlari) faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Sof havodan yetarli bahramand boʻlmaydigan, sport bilan shugʻullanmaydigan, kun tartibiga rioya qilmaydigan oʻquvchilarda bu sistemalar koʻproq kasallanadi. Demak, Bolalar kasalliklari ning turli shakllari organizmning chidamliligiga, yuqumli kasalliklarga qarshilik koʻrsatish kuchiga, bolaning yoshiga bogʻliq. Har bir kasallik, u qanday boʻlishidan qatʼi nazar (yuqumli yoki yuqumsiz) jismonan barkamol, sogʻlom bolada yengilroq, ozgʻin, nimjon bolada esa ogʻirroq oʻtadi. Bir xil mikrob qoʻzgʻatgan kasallik bolaning turli yoshida turlicha kechadi. Bolalar kasalliklari ning oldini olishda bola organizmining oʻziga xos xususiyatlari koʻzda tutiladi. Emizikli davrda ona suti eng maqbul oziq boʻlib, bolani qoʻshimcha ovqatlantirish zaruriyati boʻlganda faqat vrach (pediatr) bilan maslahatlashib olish kerak. Goʻdaklarni sut oshxonalari orqali ovqatlantirishning toʻgʻri tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolalar kasalliklari qancha barvaqt aniqlanib, vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Buning uchun kattalar va otaonalar Bolalar kasalliklari ning oldini olish usullarini va dastlabki belgilarini bilishlari, bolada kasallikka xos biror alomat sezganda darhol vrachga murojaat etishlari zarur.
Bolalar kasalliklari va ularni

Bolalar kasalliklari va ularni Usage Rank

The usage rank is based on Similarweb's algorithm that calculates current installs and active users over a 28-day period.

All Categories in
United States--
Medical in
United States--

Daily active users

Analyze usage patterns of Bolalar kasalliklari va ularni users by viewing Bolalar kasalliklari va ularni downloads and daily active users over time.

Users

Analyze usage patterns of Bolalar kasalliklari va ularni users by viewing Bolalar kasalliklari va ularni downloads and daily active users over time.

Unlock daily active users
JanFebMar

Bolalar kasalliklari va ularni Ranking Stats Over Time

Similarweb's Usage Rank & Google Play Store Rank for Bolalar kasalliklari va ularni

Rank

No Data Available

Bolalar kasalliklari va ularni Ranking by Country

Counties in which Bolalar kasalliklari va ularni has the highest ranking in its main categories


Users Interests & Top Categories

Top categories and apps used by Bolalar kasalliklari va ularni users

No Data to Display

Top Competitors & Alternative Apps

Apps with a high probability of being used by the same users, from the same store.

Мусулмон боланинг китобчаси

Мусулмон боланинг китобчаси

Islomiy Kitoblar Dasturi

Bolalar kasalliklari va ularni VS.

March 19, 2025