Homiladorlik davri аналитика приложений для 14 февраля

Homiladorlik davri

Homiladorlik davri

  • Propubplace
  • Google Play Store
  • Бесплатный
  • Медицина
Homiladorlik, ogʻir oyoqlik — urugʻlangan tuxumhujayraning ona organizmida rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib chiqqan tuxumhujayraning erkak jinsiy hujayrasi bilan qoʻshilishi (urugʻlanishi)dan boshlanadi va oʻrta hisobda 280 kun, yaʼni 10 qamariy oy davom etadi. Urugʻlanish bachadon nayida roʻy beradi. Urugʻlangan tuxumhujayra bacha-don nayining chuvalchangsimon qisqarishi tufayli bachadon boʻshligʻiga qarab surilib boradi, shu vaqtda u mayin tuklar (vorsinkalar) bilan qoplanib, koʻp hujayrali embrionga aylanadi, oʻsha tuklar yordamida bacha-don shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Shu vaqtdan boshlab homila shakllana boshlaydi va ayol organizmidagi baʼzi sistemalar funksiyasi tegishlicha oʻzgarib boradi. Embrionning bachadonga payvandlangan joyida tuklar juda oʻsib ketadi va ulardan platsenta, yaʼni yoʻldoshning tarkibiy qismi — bola oʻrni hosil boʻladi, u kindik orqali homila bilan tutashadi. Kindik qon tomirlari boʻylab platsenta orqali ona organizmidan homilaga oziq moddalar, kis-lorod kelib turadi va homiladan keladigan almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi. Homiladorlik davrida ayol organizmida har xil funksional oʻzgarishlar roʻy berib, homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Bu davrda markaziy nerv sistemasi funksiyasi bir qadar oʻzga-rib, natijada orqa miyaning qoʻzgʻa-luvchanligi pasayadi, bu — bachadon muskullarining boʻshashishi va uning tinch holatda boʻlishiga olib keladi. Homiladorlik paytida hosil boʻladigan sariq tana va platsenta homilaning oy-kuni yetib tugilishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqaradi; platsentadan ishlanib chiqadigan va boshqa gormonlar taʼsirida sut bezlari kattalashib, H. oxiriga borganda, undan ogʻiz suti, chilla davrida esa sut kela boshlaydi. Bachadonda ham talaygina oʻzgarishlar roʻy beradi: u ham boʻyiga, ham eniga qarab oʻsib, platsentaga qon olib keladigan yirik va mayda qon tomirlari nihoyatda koʻpayadi. Ayol chuqurroq nafas oladigan boʻlib qoladi, bu — qonning kislorod bilan koʻproq toʻyinishini taʼminlaydi. Yurakning qis-qarish xususiyati sezilarli darajada kuchayadi, natijada kislorod bilan toʻyingan qon ayolning hayot uchun muhim aʼzolariga, jumladan bachadoniga tezroq yetkazib beriladi. Buyraklar ham zoʻr berib ishlab, ona organizmidagina emas, balki homilada ham paydo boʻlgan almashinuv mahsulotlarini ajratib chiqarib turadi. Koʻmikda eritrotsitlar hosil boʻlishi tezlashadi, yaʼni qon miqdori koʻpayadi, qon tomirlari kengayib, gaz alma-shinuvi kuchayadi. Shu bois homilador organizmidagi aʼzo va sistemalarning normal ishlab turishini taʼminlash hamda homila rivojlanadigan qulay sharoit vujudga keltirish uchun oziq moddalar va kislorod koʻp boʻlishi kerak. Homiladorning ahvoli va oʻzini qanday tutishi koʻp jihatdan H.ning normal kechishi, ho-milaning keyin qanday rivojlanib borishi va boʻlgʻusi bolaning sogʻli-gʻini belgilab beradi. Homilador ayolning biror kasallik (gripp, sil, rev-matizm, angina, qandli diabet, kam-qonlik, jigar, buyrak, yurak kasalliklari va boshqalar) bilan ogʻrishi, notoʻgʻri ovqatlanish, kun tartibini buzishi, vrach buyurmagan dorilarni ichishi homila taraqqiyotiga yomon taʼsir qilishi mumkin.
Homiladorlik davri

Рейтинг использования Homiladorlik davri

Рейтинг использования основан на алгоритме Similarweb, который подсчитывает текущие установки и активных пользователей за 28-дневный период.

Все категории в
Соединенные Штаты--
Медицина в
Соединенные Штаты--

Ежедневные активные пользователи

Анализируйте шаблоны использования пользователей Homiladorlik davri, просматривая загрузки Homiladorlik davri и количество активных пользователей ежедневно с течением времени.

Пользователи

Анализируйте шаблоны использования пользователей Homiladorlik davri, просматривая загрузки Homiladorlik davri и количество активных пользователей ежедневно с течением времени.

Разблокировать количество активных пользователей в день
дек.янв.февр.

Homiladorlik davri Статистика рейтинга с течением времени

Рейтинг использования Similarweb и рейтинг Google Play Store (Homiladorlik davri)

Рейтинг использования

Рейтинг

Рейтинг Homiladorlik davri по странам

Графы, в которых Homiladorlik davri имеет наивысший рейтинг в своих основных категориях


Интересы пользователей & Топ-категории

Лучшие категории и приложения, используемые пользователями Homiladorlik davri

Нет данных для отображения

Лучшие конкуренты & Альтернативные приложения

Приложения с высокой вероятностью будут использоваться одними и теми же пользователями, из одного и того же магазина.

Homiladorlik davri VS.

февраль 14, 2025